Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


2019 yil 1 fevral kuni Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o‘ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, viloyat hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tegishli viloyat, shahar va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari mutaxassislaridan  iborat ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi shahar va tumanlar sog‘liqni saqlash tizimida  olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganishlar yakuni ushbu sessiya muhokamasiga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Basitxanova “Namangan viloyatida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning holati, uning sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar haqida” so‘zga chiqib, soha rivoji yo‘lida amalga oshirilgan xayrli ishlarni ta’kidlab, aniqlangan kamchiliklarni o‘rtaga tashladi, yechimlari bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Masala muhokamasida  Chust tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Nasiba Bozorova, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi Abdumalik Rahmonov, Norin va Namangan shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari Abduvali Mavlonov, Tohirjon Boydadayev, viloyat Kengashi ijtimoiy-madaniy rivojlanish  doimiy komissiyasi raisi Bahriddin Mahmudov va boshqalar qatnashdilar.

Videoselektor tarzidagi sessiya ishida ishtirok etgan  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov sessiya ishtirokchilari bo‘lgan faollar, ayniqsa deputatlarga, Namangan shahar va tumanlar studiyalaridagi hokimlarga murojaat qilib, sohani rivojlantirishga oid ularning taklif va mulohazalari bilan qiziqdi va bu boradagi dolzarb vazifalarni sharhlab berdi.

Viloyat Kengashi deputatlari ko‘rilgan masala bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlab, tegishli qaror qabul qildilar.

Sessiyada viloyat Jinoyat va Fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda Iqtisodiy va Ma’muriy sudlari raislarining 2018 yil davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida olib borgan ishlari haqida axborotlari eshitildi. Bu haqida Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi Davlatmirza Komilov va boshqalar so‘zga chiqdilar.

Xalq deputatlari yuqoridagi masala bo‘yicha  va  viloyat Kengashi tomonidan sessiyalar oralig‘ida qabul qilingan qarorlarni bir ovozdan tasdiqladilar.

Namangan viloyati hokimligi Matbuot xizmati.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech