Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Shu munosabat bilan tashkillangan marosimda viloyat hokimining o‘rinbosarlari P.Matkarimov, S.Kulmuratov, hokimlik ishlar boshqaruvchisi A.Sarbayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi mudiri N.Abdullayevlar shahar va tumanlar Xalq qabulxonalari mudirlarini samimiy tabriklab, mazkur avtomashinalar ularning xizmat vazifalarini samarali bajarishlariga qulay vosita bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidlashdi.

Namangan shahar va tumanlar Xalq qabulxonalarini 12 ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinasi bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5633-sonli Farmoniga asosan viloyat hokimligining yordami bilan mahalliy byudjetdan mablag‘ yo‘naltirildi.

O‘z navbatida Xalq qabulxonalari mudirlari ham muntazam ravishda chekka va olis hududlarda ommaviy qabullar o‘tkazish, aholi muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda uyma-uy yurish orqali o‘rganish, tadbirkorlik sub’ektlari, ijtimoiy va boshqa ob’ektlardagi muammolarni aniqlash hamda hal etish yo‘lida sidqidildan xizmat qilishlarini bildirdilar.

 

Namangan viloyati hokimligining Matbuot xizmati.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech