Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 758 hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

 

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda boshqarma xodimlari ishtirok etdi.

Taniqli shoir, Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Jamoliddin Boqiyev tadbir ishtirokchilariga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning benazir ijodiy merosi, milliy maʼnaviyatimizdagi oʻrniga alohida toʻxtalib oʻtdi. Ayniqsa, buyuk ajodlarimizning qoldirgan boy bebaho asarlarining bugungi globallashuv jarayonlarida nafaqat mamlakatimizda, jahon hamjamiyatida ham dunyo olimlarida ham katta qiziqish uygʻotayotgani, bu boradagi ishlarga toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirda oʻqilgan ajdodlarimizning gʻazal va ruboiylari, asarlaridan namunalar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir yakunida Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi tomonidan boshqarmaga turli xil adabiyotlar jamlanmasi tuhfa etildi.

MIB viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech