Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etilayotgan “Yuzma-yuz” koʻrsatuvining 8 fevral kungi soni Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi faoliyatiga bagʻishlandi.

Boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari, maʼsul xodimlar ishtirok etgan koʻrsatuv jonli muloqot shaklida toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatildi.

 

Qariyib bir soat davom etgan muloqotda energiya resurslari va ichimlik suvi, qattiq maishiy chiqindi sohasida toʻlov intizomini mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdag takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalar yuritildi. Xususan deyildi muloqot davomida birgina Namangan viloyatida 2018 yilda energiya resurslari va suv taʼminoti uchun 872 mlrd. 864 mln. soʻm qarzdorliklarni undirish choralari koʻrilib, oʻtgan shu davrga nisbatan 165 mlrd. 892 mln. soʻm yoki 23,5 foizga koʻp mablagʻlar undirilishi taʼminlangan. Yoki davlat ijrochilari tomonidan 841 mlrd. soʻmlik 268.794 ta ijro hujjatlari tamomlandi.

Koʻrsatuv davomida toʻlov intizomini mustahkamlash, isteʼmolchilar huquqiy madaniyatini oshirish, tarmoqlarga noqonuniy ulanishlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar aniq misollar orqali teletomoshabinlar eʼtiboriga havola qilindi.

Jarayon davomida boshlovchi va fuqarolar tomonidan berilgan 20 dan ortiq savollarga ishtirokchilar atroflicha javoblar berishdi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech