Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Majburiy ijro byurosi Namangan tuman boʻlimi tomonidan sud va boshqa organlari hujjatlari ijrosini taʼminlash, foydalanilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni kamaytirish, isteʼmol toʻlovini vaqtida amalga oshirish, tarmoqlarga noqonuniy oldini olish borasida bevosita mahalla fuqarolar yigʻinlarida kunlik tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Biroq, “sholi kurmaksiz boʻlmaganidek” oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida isteʼmol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun toʻlovlarni vaqtida amalga oshiramayotgan xonadonlar ham uchrab turmoqda. Xususan joriy yilning fevral oyida tumandagi intizomsiz mahallalarda toʻlov intizomini mustahkamlashga qaratilgan targʻibot tadbirlari

davomida qator shunday holatlar aniqlandi. Masalan, tumanning Mullakuding mahallasida yashovchi Zuhriddin Shamsiddinovga tabiiy gazdan qarzdorlik 1 million 700 ming soʻmga yetgani uchun talabnoma berilgan edi. Biroq, u besh kunlik muddatda toʻlovni amalga oshirmagani uchun tarmoqdan vaqtincha ajratilib, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Yoki Kichik Toshbuloq mahalalasida oʻtkazilgan kunlik tadbir davomida ham toʻlovni amalga oshirmagan ayrim xonadonlar tarmoqdan vaqtincha ajratildi. Misol uchun koʻp qavatli uyda yashovchi Islomovlar xonadoni elektr energiyadan naq 3 407.000 soʻm qarzdorlig mavjud. Davlat inspektori tomonidan bir necha bor talabnoma taqdim etilgan. Muddatida toʻlamagan uchun xonadon tarmoqdan ham ajratilgan. Isteʼmolchi qarzdorlikni bartaraf etish oʻrniga oʻzboshimchalik bilan tarmoqga ulanib olgani maʼlum boʻldi. Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi, shuningdek, belgilangan besh kunlik muddatda toʻlovni amalga oshirmagani uchun tarmoqdan vaqtincha ajratildi.

Yuqoridagi ikki qarzdor xonadon toʻlovni amalga oshirmagani uchun tarmoqdan ajratildi. Endi ushbu isteʼmolchilar belgilangan tartibga koʻra ham qarzdorlikni bartaraf etishadi, ham qayta ulov uchun eng kam oylik ish haqining ikki barobar miqdorida toʻlovni amalga oshirishadi. Endi oʻylab koʻraylik. joriy yilning 11 mart holatiga mamlakatimizda eng kam oylik ish haqi oyiga 202 730 soʻm. Bundan koʻrinib turibdiki, isteʼmolchi qayta ulov uchun 405 460 soʻm toʻlovni amalga oshirish shart. Agar ushbu xonadonlar qarzdorlikni vaqtida bartaraf etishganda, ushbu qayta ulov uchun sarflagan mablagʻ oilaviy byudjetni qaysidir qismini toʻldirishga ketarmidi?Shunday ekan toʻlovlarni vaqtida amalga oshirish har birimizning burchimizdir. Shunda ortiqcha ovoragarlikga oʻrin qolmaydi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech