Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Maʼlumki, shu yil 12 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga kiritilayotgan yangiliklardan yana biri majburiy ijro byurosi tomonidan 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab ijro hujjatlariga yagona elektron bazasini yuritish tartibini joriy qilishni koʻzda tutadi.

Endi majburiy ijro byuro organlari ham yagona elektron maʼlumotlar bazasini yuritib, oʻzlariga kelib tushgan ijro hujjatlari boʻyicha byuro maʼlumotlarini elektron tarzda yuritishni tartibi yoʻlga qoʻyiladi hamda undiruvchi yoki qarzdor oʻzini elektron bazasiga kirgan holda oʻziga bogʻliq boʻlgan ijro hujjatini qaysi bosqichga kelganligi, undirish jarayoni qanday ketayotganligi toʻgʻrisida onlayn rejimida maʼlumotlar olish imkoniga ega boʻladi.

Endilikda ijro ishi qoʻzgʻatilganligi haqidagi xabar undiruvchi yoki qarzdorning elektron pochtasiga yoki mobil telefoniga sms shaklda yuboriladi va bunda xabarning yuborilgan va uning adresat tomonidan olingani maxsus avtomatik tizim tomonidan qayd qilib boriladi. Bu amaliyot “koʻrmay qoldim”, “bexabar edim” kabi turli tushunmovchiliklarga, bahonalarga chek qoʻyishga qaratilgan.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

 

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech