Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan Prezidentimizning “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori, unda belgilangan vazifalar hamda mazmun-mohiyatini targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda. 

Jumladan boshqarmada o‘tkazilgan tadbirga sud organlari, adliya boshqarmasi ma’sul xodimlari hamda Majburiy ijro byurosi viloyat, shahar va tumanlar bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari, davlat ijrochilari taklif etildilar.

O‘quv seminarda qabul qilingan mazkur qaror ijro tartibini yanada soddalashtirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini so‘zsiz va o‘z vaqtida ijro etilishi, jismoiy va yuridik shaxslarning huquqlarining samarali himoya qilish va ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olishga qaratilgani alohida qayd etildi. Xususan, ishtirokchilarga 2019 yil 1 apreldan boshlab sud va boshqa organlari aktlarini majburiy ijro qilish jarayoniga mediatsiya instituti joriy qilinayotgani, uning tartiblari haqida keng tushunchalar berildi.

-Mediatsiya - bahs-munozaralarni uchinchi betaraf tomon ishtirokida tartibga solishga doir huquqiy texnologiyadir deydi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari I.Qodirov. Ushbu yo‘nalish o‘zining ma’lum bir shartlari va tamoyillariga ega. Ya’ni, tomonlarning teng huquqliligi, ixtiyoriylik, o‘zaro hurmat, konfidensiallik, jarayonning shaffofliligidir.

Tadbir davomida qarorda shuningdek ijro jarayoni bilan bog‘liq muddatlar aniq belgilanayotgani, yagona elektron bazasini yuritish tartibi, ijro ishi davlat ijrochilari o‘rtasida avtomatik tarzda taqsimlash, interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini tadbiq etish, uning afzalliklari haqida so‘z bordi.

Asosiysi, ushbu qarorni qabul qilinishi ijro jarayonidagi chalkashliklarga barham berish, uni soddalashtirish va eng muhimi bunda jismoniy hamda yuridik shaxslarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi.

Byuroning viloyat boshqarmasi, Namangan shahar va bo‘limlari tomonidan targ‘ibot tadbirlar davom etmoqda.

                                                                       MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech