Chop etish

Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida yaqin kunlarda qurilishi boshlanadigan tijorat avtomobillari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “HYUNDAI MOTOR UZ NAMANGAN” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi  Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

 



Viloyat hokimligida oʻtkazilgan uchrashuvda mazkur qoʻshma korxonaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchisi Vitaliy Fen tomonidan “Evergreen Motors” kompaniyasi prezidenti Kim Chang Keonga tantanali topshirildi.