Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Joriy yilning 13 aprel kuni Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari tashkil etilganligining bir yilligi munosabati bilan “Open Justice” – “Ochiq adliya” tadbiri o‘tkazildi.

 


Tadbirda OAVlari vakillari, adliya boshqarmasi xodimlari, faxriylar, tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari, DNI notariuslari, yuridik kolleji ma’muriyat xodimlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida tuman (shahar) adliya bo‘limlarining bir yilligi munosabati bilan boshqarma va uning tizimidagi idoralar tomonidan 1 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi.


Brifingni Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i X.Sabirov ochiq deb e’lon qildi hamda Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda Namangan viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi o‘rtasida “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish, yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalarini, shuningdek adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbir Namangan viloyati adliya boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo‘limi boshlig‘i Otabek Raximov, Pop tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Azamat Jo‘raev, Namangan viloyat yuridik kolleji o‘qituvchisi Maloxat Umurzakovalar tizimdagi faoliyat bo‘yicha elektron slayddan foydalangan holda ma’ruzalar bilan davom etdi.


Shuningdek, tadbir davomida so‘zga chiquvchilarning brifing yuzasidan munosabatlari va mulohazalari eshitiladi.


Bu vaqtda, Namangan viloyat adliya boshqarmasida ochiq adliya kuni tadbirlari doirasida Namangan shahridagi 26-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari taklif etilib, boshqarma va uning bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini boshqarma binosida bo‘limlar va aholini qabul qilib murojaatlarini eshitish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda qulayliklar bilan atroflicha tanishtirildi.
SHuningdek, tadbir davomida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan hayotiy muhim masalalar bo‘yicha huquqiy qo‘llanmalar sovg‘a qilindi.
SHundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari tashqariga taklif qilinib, tuman (shahar) adliya bo‘limlarining bir yilligi munosabati bilan tayyorlangan tort kesish marosimi o‘tkaziladi.


Viloyat adliya boshqarmasining tashqari hovlisida, tuman adliya bo‘limlari, viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi davlat notarial idoralari, Advokatlar palatasi viloyat boshqarmasi, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirokida boshqarma va uning tizimidagi idoralar tomonidan alohida huquqiy maslahat burchaklari tashkil etilib, adliya bo‘limlari va davlat notarial idoralari xodimlari tomonidan 100 ga yaqin fuqarolarga turli mavzularda huquqiy tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari, tadbirga tashrif buyurgan fuqarolarga qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati aks etgan turli mavzudagi 200 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.
SHuningdek, tadbirda Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Advokatlar palatasi viloyat boshqarmasi, viloyat hokimligi, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.


Bundan tashqari, Namangan viloyati yuridik kollejining turli yo‘nalishlarda yutuqlarga erishgan o‘quvchilarining sovrinlari bo‘yicha namoyish o‘tkazildi.
SHuningdek, Namangan davlat universitetning “Yosh huquq targ‘ibotchilari” klubi a’zolari uchun “Open Justice” – “Ochiq adliya” tadbiri yuzasidan hamda qonunchilikdagi so‘ngi yangiliklar bo‘yicha press-konferensiya o‘tkazildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech