Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Fuqarolik ishlari Namangan tumanlararo sudining 2018 yil 13 noyabrdagi buyrug‘iga asosan Siddiqov Ravshandan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Namangan shahar bo‘limi yurituvida bo‘lib, qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan edi. Ya’ni, aliment undirish haqidagi ijro hujjati davriy undiruv hisoblanganligi sababli  aliment to‘lovchilarning xorijga chiqish huquqlari vaqtincha bekor qilinadi. Agar voyaga etmagan bolalar ta’minoti uchun moddiy ta’minotni kamida besh yilligini oldindan to‘lanishi fuqaroning chetga chiqish cheklovini olib tashlash uchun sabab bo‘ladi.

 

Buni tushungan fuqaro Ravshan Siddiqov ariza bilan Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limiga murojaat qilib, besh yillik aliment pullarini hisob-kitob qilishini so‘ragan. Mazkur ariza o‘rganilib, 2019 yil 1 aprelidan 2024 yilning 1 apreliga qadar aliment hisob-kitob qilib berildi. Ya’ni fuqaro Siddiqov farzandlari ta’minoti uchun 74,5 million so‘m aliment to‘lashi lozimligi tushuntirildi va farzandlari moddiy ta’minoti uchun mablag‘ni to‘lagani sababli qarzdorga qo‘llanilgan cheklovlar bekor qilindi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech