Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyatining chekka qishloqlaridan biri Uchqo‘rg‘on tumanidagi Shahrixonchekda “Uzteks Uchqo‘rg‘on” qo‘shma korxonasi homiyligida, loyiha qiymati 4 mlrd 330 mln so‘m bo‘lgan jahon andozalari talablariga javob beradigan zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi.

 

E’tiborlisi, 100 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur muassasa to‘liq jihozlanib, Maktabgacha ta’lim vazirligi ixtiyoriga topshirildi. Muassasa faoliyat boshlashi bilan 30 dan ortiq mahalliy aholi vakillari doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Hokimlik, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, qishloq ahli ishtirokida muassasaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozarov,  “Uzteks” korxonasi direktori Farxod Mamajonov, mehnat faxriysi Abdurahim Jo‘raevlar so‘zga chiqdilar.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech