Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


2019 yil 13-14 may kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi faoliyati yuzasidan Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi hamda BMTTDning mintaqaviy markaz vakillari Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

 

Viloyat hokimligida viloyat hokimi Xayrullo Bozarov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mehmonlarga hudud investitsion salohiyati, investorlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va sharoitlar bilan tanishtirildi. BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada erishilayotgan natijalarga to‘htalib o‘tildi.

Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi hamda BMTTDning mintaqaviy markaz vakillarining keyingi uchrashuvi Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlardan so‘ng BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi ko‘magida Namangan shahridagi “Rozdil Charm Savdo” xususiy korxonasi tomonidan charmdan ayollar sumkalarini ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish loyihasi, Namangan tumanidagi “Imron Textile Group” tomonidan polo ko‘ylak va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish loyihasi hamda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Sohil Pino Muskati” agrofirmasi tomonidan o‘simliklarni kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyida tanishildi.

 

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech