Chop etish

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. E’tiborlisi, mazkur ko‘rik-tanlov tadbirkorlarni katta maqsad va ezgu g‘oyalar, tashabbuskorlik loyihalari yo‘lidagi izlanish va intilishlarda rag‘batlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

 

 

Shahar va tumanlardan saralangan 59 nafar tadbirkor, fermer va hunarmandlar  ishtirok etgan “Tashabbus-2019” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

Axborot xizmati