An’anaviy 59-gul bayrami arafasida viloyat markazidagi “Adiblar xiyoboni”da Mashrabxonlik haftaligining boshlanishi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Dastlab Boborahim Mashrab haykali poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirildi.

Viloyat teatri ijodiy jamoasi tomonidan Abdulla Jabborning “Ko‘rgoli keldim...” nomli dramasi asosida tayyorlangan kompozitsiya  marosimga katta bayram tusini berdi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Jamoliddin Aloydinov so‘zga chiqdi

 

Mashrabxonlik haftaligi doirasidagi tadbirlar Namangan Davlat universitetida tashkil etilgan katta ilmiy-amaliy anjumanga ulanib ketdi.

 

Axborot xizmati