Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Prezident tashrifidan so’ng. Namangan viloyati Pop tumanidagi “Namangan agro logistic” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxona faoliyati yildan-yilga kengaymoqda.

 

Prezidentimizning 2018 yil may oyida viloyatga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlariga binoan bu erda umumiy qiymati 105,8 milliard so‘mlik yana bir loyiha – “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash logistikasi” loyihasi amalga oshirildi.

 

Loyiha tashabbuskori – “Pop-Impeks” MCHJning 30 milliard so‘m sarmoyasi va “Asaka Kapital Invest”ning 22 milliard, “Asaka” bankining 53,2 milliard so‘m kredit mablag‘lari jalb etildi. 10 gektar maydonda barpo etilgan logistika korxonasiga Italiyaning “Advack Consalting SRL” kompaniyasi innovatsion texnologik uskunalari keltirildi. Jumladan, 2018 yilda etishtirilgan 3 ming 200 tonna meva va sabzavotni saqlash uchun gaz tizimida boshqariladigan “Fruit Control” muzlatgich kompleksi hamda "Yunitek"ning soatiga 6 tonna olma, shaftoli, o‘rik va 2 tonna gilosni saralash va qadoqlash quvvatiga ega dastgohlari, "Ingarossi" firmasining soatiga 10 tonna meva konsentranti ishlab chiqarish quvvatiga ega dastgohlar majmuasi, Turkiyada ishlab chiqarilgan silindrsimon qozon, bug‘ qozoni, ta’minlovchi nasoslar o‘rnatildi.

 

“Mevas” brendi ostida faoliyat boshlagan logistika korxonasini foydalanishga topshirish marosimida Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.

 

O’zbekiston milliy axborot agentligi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech