Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


6 iyun kuni, Respublikamizning barcha viloyatlarida bo‘lgani kabi, Namanganda ham “Tokio sari yo‘l” shiori ostida Xalqaro Olimpiya kuniga bag‘ishlangan ommaviy sport sayllari bo‘lib o‘tmoqda.

 Erta tongda Temiryo‘l vokzali maydonida viloyat aholisini, ayniqsa yoshlarni sportga keng jalb qilishni maqsad qilgan umumxalq sport bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

 So‘ngra “Texnopark” savdo markazidan Namangan shahar hokimligi binosigacha bo‘lgan  3 kilometrlik masofaga sportcha yurish bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. 10 mingdan ziyod ishtirokchi bilan tashkil etilgan musobaqada mahallalardan kelgan sport havasmandlari, 80 dan ziyod viloyat korxonalari, tashkilot-muassasalari vakillari va yoshlar ishtirok etdilar. Kecha tuman markazlarida o‘tkazilgan sportcha yurish musobaqalarida jami 127 ming nafar ishtirokchi qatnashganini hisobga olganda, viloyat bo‘yicha o‘tkazilgan sportcha yurish musobaqalarida 137 mingdan ziyod ishtirokchi qamrab olindi.

 

Ayni marshrut bo‘yicha sport mashinalari, mototsikllar hamda kartinglar ishtirokida parad tashkil etildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech