O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 apreldagi  PQ-3680-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 fevraldagi 46-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Pensiya jamg‘armasi tomonidan Namangan shahri va tumanlarda doimiy ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazib kelinmoqda. Natijada joriy yilning 6 oyi mobaynida viloyat bo‘yicha jami 1 762 nafar fuqarolar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga 515 mln.so‘m (shundan, 7 nafar chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslardan 29,3 mln.so‘m, 176 nafar yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan 64,4 mln.so‘m, 111 nafar shaxsiy yordamchi, dehqon xo‘jaliklarida qoramol o‘stirish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar tomonidan 140 mln.so‘m, 1 468 nafar dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa erida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan fuqarolar tomonidan 281,3 mln.so‘m) miqdorida ixtiyoriy tushumlar amalga oshirildi.    

Fuqarolar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda sug‘urta badallari to‘lovini amalga oshirishlari kelgusida ularga pensiyalar tayinlashda ish stajiga qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinishi hamda davlat tomonidan kafolatlangan o‘zlarining ijtimoiy himoyalarini ta’minlaydi.

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi Namangan viloyat boshqarmasi