Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, 4 sentyabr kuni Namangan shahrida yangi qurib foydalanishga topshirilgan 84-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, tantanali ochilish marosimida va “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

 

 

Xayrullo Bozorov, o‘quvchilarni “Bilimlar kuni” tantanasi bilan qutlab, yuksak marralar sari dadil parvoz etib, ilm-ma’rifat cho‘qqilarini zabt etishlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

 Bu yil ilk bor maktabga qadam qo‘ygan o‘quvchilarga hokim tomonidan viloyatdagi umumta’lim maktablarining 1-sinflariga borgan 50856 nafar o‘g‘il-qiz qatori Prezident sovg‘alari taqdim etildi.

 

“Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor”, degan ezgu e’tirofga hamohang keng qamrovli bunyodkorlik natijasida barpo etilgan yangi maktabga investitsiya dasturi asosida 6 milliard 953 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.

Yangi bilim dargohi bu yildan 315 nafar o‘g‘il-qizga quchoq ochdi.

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech