Chop etish

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, bugun Chortoq tumanidagi o‘zi ta’lim olgan 9-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, “Bilimlar kuni” shodiyonasida ishtirok etdi.

 

 Xayrullo Bozorov o‘quvchi-yoshlar va kelajagimiz egalarini yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi. Viloyat hokimi, maktabning 9-sinfida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostidagi mustaqillik darsini o‘tdi.

O‘zlari o‘qiyotgan maktab bitiruvchisi bo‘lgan viloyat rahbarining mustaqillikning mohiyatini hamda bugungi kundagi saodatli kunlarga shukronalikni qamragan darsi jarayoni, o‘quvchilarni yaratib berilayotgan imkoniyatlardan ruhlantirib, ilm-fan sirlarini puxta egallashlari uchun shahdu shijoat bag‘ishladi.

 

Chortoq tumanidagi 9-umumta’lim maktabi e’tirofga loyiq ma’rifat dargohlaridan. “Obod qishloq” dasturi doirasida 3 milliard 62 million so‘m mablag‘ sarflanib, qayta ta’mirlangan ilm maskani 831 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga oldi.

 

Ularning 103 nafari maktabga ilk qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilari bo‘lib, nigohlari quvonchdan porlagan o‘g‘il-qizlarga viloyat hokimi tomonidan Prezident sovg‘alari taqdim etildi.