Chop etish

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 272 va 287-moddalariga asosan egaligida soliq solinadigan mol-mulki va er uchastkalari bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulki va er soliqlari to‘lovchilari hisoblanadi.



    Soliq davri uchun jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va er solig‘ini to‘lash muddatlari hisobot yilining 15 oktyabriga qadar etib belgilangan.

    Eslatib o‘tamiz! O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik Sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

    SHunday ekan, mol-mulk va er solig‘ini 15 oktyabrdan kechiktirmay to‘lashni unutmang!

    Siz tomoningizdan to‘langan soliqlar mahalliy byudjet daromadlarini to‘ldirib, yana Sizning va yurtimizning farovonligi uchun sarflanadi.

    Hisoblangan soliqlarni istalgan bank bo‘limlari orqali yoki “CLICK”, “U-PAY”, “MBAHK”, “PayMe” to‘lov tizimlari yordamida mobil telefon, shuningdek, internet orqali online rejimda ham to‘lashingiz mumkin.