Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyatidagi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududida Xitoy investitsiyalari ishtirokida barpo etiladigan yirik sement zavodida M-600 markali yuqori sifatli sement ishlab chiqariladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 2 noyabr xitoylik investorlar guruhi bilan o‘tkazgan uchrashuvida ushbu loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

35 gektar hududda ikki bosqichda barpo etiladigan ushbu yirik sement zavodi loyihasining umumiy qiymati 100 million AQSH dollaridan oshiq bo‘lib, loyiha to‘laligicha xitoylik investorlar tomonidan moliyalashtiriladi. Zavodning yillik 1,3 million tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan dastlabki bosqichi 14 oydan keyin ilk mahsulotini berishga boshlaydi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech