Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyati paxtakorlari bu yil 63406 gektar maydonda dehqonchilik qilib, har gektar yerdan 30 sentnerdan ziyod hosil yig‘ib olishga muvaffaq bo‘ldilar. 1584 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan tayyorlov manzillariga 192500 tonna yuqori sifatli sanoat xom ashyosi topshirildi.

 

 

Tarmoqni yanada rivojlantirish, g‘o‘za parvarishi bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, ayniqsa, paxtachilikka zamonaviy klaster usulining keng joriy etilishi ko‘zlangan darajadagi hosilni yetishtirishda bosh omil bo‘lganligini alohida ta’kidlash lozim. Hususan, to‘qqizta tuman paxta maydonlarini tasarrufiga olgan “Namangan momiq sochiqlari”, “Toshbuloqteks”, “Uztex Uckurgan”, “Namangan to‘qimachi” klasterlari mavjud fermer xo‘jaliklari bilan qat’iy shartnoma asosida ish olib borib, mehnatga haq to‘lash, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘it hamda o‘simlik zararkunandalarigi qarshi biologik kurash vositalarini yetkazib berilishi bilan bog‘liq shartlarni to‘la to‘kis bajardilar. Yetishtirilgan hosilni qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo‘lgan yangi tizimning joriy etilishi soha mehnatchilari daromadini keskin ko‘tarib, ularning pirovard natijadan manfaatdorligini oshirgani, bir so‘z bilan aytganda deqhonning kosasi oqarish sari yuz tutganini ta’kidlash o‘rinlidir.

 

Aytish lozimki, Markaziy Farg‘ona cho‘llarida dehqonchilik qilayotgan Mingbuloq tumani paxtakorlari g‘alaba marrasini viloyatda birinchi bo‘lib uddaladilar. Bunda 239 ta fermer xo‘jaligi bilan ish olib borgan “Namangan momiq sochiqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati negizidagi klaster korxonasining izchil faoliyati katta o‘rin tutganligini e’tiborga olish lozim. Ayni korxona tomonidan izchil yo‘lga qo‘yilgan va moliyaviy ta’minlangan dehqonchilik ishlari Pop tumanida ham o‘z samarasini berdi.

 

Bugunga qadar viloyatda besh tuman shartnomaviy rejaning uddasidan chiqdi. Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Norin va Uchqo‘rg‘on tumanlarida hosilni yig‘ishtirib olish ishlari davom etmoqda. Demak, viloyat paxta xirmoni yanada yuksaladi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech