Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 6 noyabr kuni Tayvanning Kai Shing Trading Co. Ltd kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Ten Syuekayni qabul qildi.

Sharqiy Osiyoda “Tayvan tovuqchilik qiroli” sifatida keng tanilgan Ten Syuekay, Namangan viloyatida yirik parrandachilik kompleksi qurish loyihasini amalga oshirmoqda. Bu borada Kai Shing Trading Co. Ltd rahbari bir necha bor Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Namangan viloyatida MCHJ shaklidagi “Kai Shing Namangan” xorijiy korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Namangan viloyat hokimligi bilan “Kai Shing Namangan” xorijiy korxonasi o‘rtasida ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha investitsion kelishuv imzolandi.

 

Xayrullo Bozorov va Ten Syuekay tomonidan imzolangan kelishuvga ko‘ra, parrandachilik kompleksi, issiqxona, kushxona, yem ishlab ishlash chiqarish zavodi, organik chiqindilarni qayta ishlash zavodi kabi bo‘limlardan iborat ushbu yirik loyiha uchun “Kai Shing Namangan” xorijiy korxonasiga viloyatda 550 gektar yer ajratiladi. Investor ushbu loyiha uchun 30 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan xorijiy investitsiya kiritadi.

Ushbu korxonada ochiq osmon ostida maxsus zotli tovuqlarni etishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Yetishtirilgan tovuqlarning katta qismini Xitoyda mashhur “Imperator tovuq esssensiyasi” ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi hamda CHin yurtiga eksport qilinadi. Qolgan qismi “Halol” sertifikati bilan Arab davlatlariga hamda ichki bozorga sotiladi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech