Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, 9 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Namanganga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasining “Al-Ahsar Enterprises” transmilliy kompaniyasi rahbari Shayx Nasir Adil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuvda Namangan viloyati hamda “Al-Ahsar Enterprises” o‘rtasida tekstil va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

 

Pokistonlik ishbilarmonlar 11 noyabrga qadar Namanganda bo‘lishadi va viloyatdagi yirik tekstil hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishadi.