Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Namangan viloyatining eng so‘lim tumanlaridan biri bo‘lgan Yangiqo‘rg‘onda “Obod markaz” dasturi doirasida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari natijasida tuman markazi zamonaviy shaharchaga aylandi. Turistlar oqimi kun sayin ko‘payayotgan ushbu tuman, yangicha qiyofadagi obod markazga ega bo‘ldi.

 

Tantanali marosim bilan foydalanishga topshirilgan 37 ta “Obod markaz” dasturi ob’ektlarida yangi qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlari uchun jami 75,6 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi.

Yangiqo‘rg‘on shaharchasi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida, 8,8 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Bu bilan tumandagi 2500 ta xonadonda yashovchi 20 mingdan ziyod aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

 

Tuman markazidagi 5 kmdan ortiq avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi va piyodalar yo‘lagi qurildi. Ko‘chalarga tejamkor yoritish chiroqlari o‘rnatildi.

 450 o‘rinli Madaniyat uyi, Davlat xizmatlari markazi binolari mukammal ta’mirlandi. Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi qurildi.

Yangiqo‘rg‘on tumani ahli uchun qadrli go‘shaga aylanishi shubhasiz bo‘lgan Xotira xiyoboni barpo etildi, qad rostlagan “Motamsaro ona” haykali poyi, ochilgan ilk daqiqadan gullar bilan to‘ldi.

 

Tuman Mudofaa bo‘limi, 10-sonli umumta’lim maktabi, 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi, Yengil sanoat kolleji binosi, Bolalar va o‘smirlar sport maktablarida katta hajmli qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi.

Tadbirkorlarning mablag‘lari hamda bank kreditlari hisobidan 15 ta yangi savdo va maishiy hizmat shaxobchalari qurildi, hamda 35 tasi to‘la ta’mirlandi. “Madina Shohrux” tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi barpo etilib, 150 nafar xotin-qizlarga yangi ish o‘rinlari yaratildi.

 

Tuman markazidagi qator ko‘p qavatli uylarda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech