Joriy yilning noyabr oyida Namangan viloyati mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 146,2 mlrd. so‘mni, yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlari 50,5 mlrd.so‘mni tashkil etadi.

 

2019 yil 1-12 noyabr kunlari holatiga jami moliyalashtirish manbasi 225,8 mlrd. so‘mni, shundan mahalliy byudjet hisob raqamidagi qoldiq 52,5 mlrd. so‘mni tashkil qilmokda.

1-12 noyabr kunlari amalda tushum 62,2 mlrd. so‘mni, respublika byudjetidan ajratilgan ta’lim sohasiga maqsadli ijtimoiy transfert 55,7 mlrd.so‘mni, maktabgacha ta’lim sohasiga maqsadli ijtimoiy transfert 12,9 mlrd. so‘mni,sog‘liqni saqlash sohasiga maqsadli ijtimoiy transfert 27,3 mlrd.so‘mni tashkil etadi. O‘zaro hisob-kitob 15,0 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

Mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari xodimlarining oktyabr oyi 2-yarmi ish haqi hamda yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlari 2019 yil 13 noyabr kuni yakunida to‘liq moliyalashtirilishi ta’minlanganligi ma’lum kilinadi.

Viloyat g‘aznachilik boshqarmasi