Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev boshchiligidagi delegatsiyaning Namanganga tashrifi dasturi doirasida viloyatimizga kelgan Ural davlat akademik rus xalq xori To‘raqo‘rg‘onda katta konsert berdi.

76 yillik tarixga ega ushbu kollektiv, Rossiyaning eng taniqli musiqiy guruhlaridan biri hisoblanadi. London, Parij, Moskva kabi dunyoning ko‘plab yirik shaharlariga konsert dasturlari bilan gastrol qilgan Ural davlat akademik rus xalq xori ijrosidagi an’anaviy rus xalq kuy-qo‘shiqlari viloyat san’atsevarlariga ajoyib tuhfa bo‘ldi.

To‘raqo‘rg‘ondagi Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan konsertni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda Sverdlovsk gubernatori Yevgeniy Kuyvashev ham tomosha qilishdi.