Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari Okibjon Inamov boshchiligidagi mutasaddi tashkilotlar vakillari, tadbirkorlardan iborat 20 kishilik viloyat guruhi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tashrif doirasida Makkada tashkillangan Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston biznes-forumida Okibjon Inamov Namanganning investitsion salohiyati taqdimotini o‘tkazdi. Forum ishida Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Ahadov hamda Saudiya podshohligi ivestitsiyalar vazirligi vakili Baden Bin Muhammad Almufkai ishtirok etdilar. Saudiyaning 30 dan ortiq kompaniyasi vakillari qatnashgan ushbu forumda namanganlik tadbirkorlar faol ishtirok etishdi. V2V formatidagi uchrashuvlar davomida dastlabki kelishuvlarga erishildi. Saudiyalik investorlar Namangandagi qator sohalarga sarmoya kiritishga qiziqish bildirishdi.

 

Viloyatimiz delegatsiyasi vakillari Madina shahri savdo-sanoat palatasida mahalliy tadbirkorlar bilan ham uchrashdi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari Okibjon Inamov madinalik ishbilarmonlarni Namanganning investitsion va eksport salohiyati bilan tanishtirdi.

Namagan shahridagi "Sof asal", "Istiqlol dizayn", "Mexmash" , "UG inshaat", "Barqaror rivoj", "Istiqlol javohiri" kabi korxonalar uchrashuvda o‘z mahsulotlari eksporti bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Saudiya tadbirkorlari bilan ushbu mamlakatga Namangan gullari eksportini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ham muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ulug‘bek Maqsudov tashrif chog‘ida delegatsiyamizga hamrohlik qilmoqda.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech