Aholining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish hamda mavjud muammolarni tezkor yechimini topish uchun Mingbuloq tumanida o‘rganish olib borayotgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, To‘psada mahallasida yashovchi nogironligi bor fuqaro Hanifaxon Umarova xonadoniga tashrif buyurdi.

 

Olti yil avval osteoxondroz kasaliga chalinib, keyinchalik disk churrasi sababli o‘tgan yildan beri oyoqlari ishlamay qolgan 64 yoshli Hanifaxon Umarovaga nogironlik aravachasi sovg‘a qilgan viloyat hokimining, “Hozircha aravachada harakatlanib turing, sabr bilan muolaja qilamiz, nasib qilsa oyoqqa ham turasiz” degan so‘zlari onaxonning ko‘nglini ko‘tardi.

 

Xalq roziligini siyosatda bosh maqsad qilgan Muhtaram Prezidentimizga chuqur minnatdorchilik so‘zlari bilan Hanifaxon onaning qo‘llari duoga ochildi.