Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Amaliy tashrif bilan Yaponiya davlatida bo‘lib turgan Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Okibjon Inomov rahbarligidagi delegatsiya ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zbek-yapon munosabatlarini mustahkamlash borasida qator ishlarni amalga oshirmoqda.

 

Xirosima prefekturasi gubernatori Xidexiko Yuzaki bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida har ikki hudud o‘rtasida keng qamrovli aloqalarni o‘rnatish xususida so‘z bordi.

Yaponiyaning ilg‘or texnologik kompaniyalari bilan hamkorlik qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovatsion yondashuvlar bo‘yicha tajribalarni Namanganda joriy etish masalalarida muzokara olib borildi.

2020 yilning fevral oyida Namangan – Yaponiya biznes forumi o‘tkaziladi. Ayni paytda bu yirik tadbirga izchil tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Unga etakchi yapon kompaniyalarini taklif etish borasida Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi qizg‘in ish jarayonida ekanligini ma’lum qilindi. Xidexiko Yuzaki, ushbu forumda Xirosima vakillari ham faol ishtirok etishlarini ta’kidladi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech