Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyati hokimining 2019 yil 6 dekabrdagi “Viloyat hokimligining axborot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 862-sonli qarori bilan, viloyat hokimligida mavjud axborot xizmatiga qo‘shimcha ravishda 2 shtat birligidan iborat Axborot xizmati sho’basi tashkil etildi.

 

Axborot xizmati sho‘basi viloyatda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish, mahalliy davlat organlari faoliyatining shaffofligini oshirish, shuningdek ularning jamoatchilik bilan o‘zaro aloqalarini yanada yaxshilash maqsadida tashkil etilgani qarorda qayd etilgan.

Qarorga muvofiq, viloyat hokimligining axborot xizmati sho‘basi xodimlari o‘z faoliyatlarini olib borishda viloyat hokimiga hamda viloyat hokimligining axborot xizmati rahbariga bo‘ysinadilar.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech