Namangan viloyati hokimligida O‘zbekistonning turli hududlarida zamonaviy uy-joylar qurish loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘z taqdimotlarida urbanizatsiya darajasi hamda aholi o‘sish sur’ati bo‘yicha Respublikada eng yuqori o‘rinda turadigan Namangan viloyatida aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash doimo dolzarblik kasb etishiga asosiy e’tibor qaratgan turk ishbilarmonlari, viloyat hokimligi bilan sheriklikda aholi uchun nisbatan arzon narxlarda, parking, bolalar maydonchasi kabi kerakli infratuzilmalarni hamda yashash uchun tayyor kvartiralarni o‘z ichiga olgan 16 qavatli monolit uylarni qurish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

Taqdim etilgan taklif umumiy jihatdan ijobiy qabul qilindi hamda batafsil o‘rganib chiqishga yo‘naltirildi. Loyiha yuzasidan muzokaralar davom ettiriladi.