Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyatimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni katta ko‘tarinkilik bilan bayram qilinmoqda.

Xalqimiz uchun qadrli va ulug‘ bayramlarda “Motamsaro ona” haykali poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi Namanganda yaxshi an’anaga aylangan.

Bayram munosabati bilan 14 yanvar kuni viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari Sobirjon Baybabaev, Milliy gvardiya, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning viloyat boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, davlat, jamoatchilik va yoshlar tashkilotlarining vakillari ishtirokida “Motamsaro ona” haykali poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Gul qo‘yish marosimi avvalida, harbiy qismlar vakillarining va texnikalarining harbiy marshi hamda davlatimiz bayrog‘i bilan bezalgan avtomobil va mototsikllardan iborat ko‘rgazmali yurishi o‘tkazildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech