Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Bugun Namangan shahridagi markaziy Navoiy ko‘chasida hududda qurilishi rejalashtirilayotgan 14 va 16 qavatli uylar qurilishiga start berildi.

 

Ushbu zamonaviy uylar Navoiy ko‘chasi bo‘ylab joylashgan 60-yillarda qurilgan eski 3 qavatli uylar o‘rnini egallashi ko‘zda tutilgan. Hozirda qurilishi boshlanadigan uylar mavjud uylarning orqasidagi bo‘sh maydonda barpo etiladi.

Rejaga muvofiq, viloyat hokimligi, quruvchi tashkilot hamda eski uylardagi xonadonlar egalari bilan uch tomonlama shartnoma imzolanadi. Quruvchi tashkilot tomonidan yangi uylar qurib bitkazilgach, eski uylarda yashovchilar to‘la bitkazilgan, yashashga tayyor yangi xonadonlarga ko‘chib o‘tadilar.

 

Bu jarayonda yangi berilgan xonadonlar maydoni eski xonadondagidan kam bo‘lmasligi sharti belgilab qo‘yilgan.

Eski uylardagi barcha xonadon egalari yangi uyga ko‘chib o‘tgandan keyin eski uylarni buzishga kirishiladi.

 

Bugun bo‘lib o‘tgan tadbir chog‘idagi ochiq muloqotda mazkur rejalar haqida aholiga batafsil ma’lumot berildi, ularning fikr va mulohazalari tinglandi.

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech