Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 11 mart kuni Namangan shahridagi 26-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, tarbiyalanuvchilar bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining bugungi kunda ta’lim, san’at va sport sohasida erishayotgan yutuqlari, kelgusi maqsadlari  haqida so‘z bordi.

Xayrullo Bozorov Mehribonlik uyidagi kutubxona, kompyuter sinfi, to‘garaklar, “Ro‘zg‘or maktabi” faoliyati, yotoqxonalar, oshxona va sport zallarida bolalarga yaratilgan sharoitlarning holati bilan ham tanishdi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga viloyat hokimligi tomonidan to‘garaklar faoliyatini yanada kuchaytirish uchun qo‘shimcha zamonaviy tikuv mashinalari hamda musiqiy ansambl uchun texnik jihozlar olib beriladigan bo‘ldi. Shuningdek, bolalar uchun respublikamiz tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil etiladi.