Koronavirus infeksiyasi - COVID-19ning mamlakatimizga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida bir guruh vatandoshlarimiz xorijdan qaytarilgan edi. Jumladan, Erondan olib kelingan 37 nafar va Latviya davlatidan qaytgan 175 nafar mamlakatimiz fuqarolari To‘raqo‘rg‘on tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda “Kosonsoy” sihatgohida karantin kuzatuviga olingan edilar. Bugun ular karantin muddatini tamomladilar va o‘z yashash viloyatlariga mamnuniyat bilan jo‘nab ketishdi.

 

Shu davr mobaynida sihatgoh va shifoxonada mehmonlarga barcha sharoitlar yaratib berildi. Salomatliklari esa shifokorlarning qat’iy nazoratida bo‘ldi.

Janubiy Koreya davlatidan O‘zbekistonga olib kelinganlar huddi shu tartibda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Chotqol” sihatgohida karantinda bo‘lishdi. Ular orasida 29 nafar viloyatimiz vakillari ham bor edi. Bugun ular ham Namanganga qaytib kelishdi. Endi hamyurtlarimiz uy karantini sharoitida shifokorlar kuzatuvida bo‘lishadi.