Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 14 aprel kuni Norin tumanida bo‘lib, tumandagi kam ta’minlangan oilalar xonadonlari turmush darajasi, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish holati, ipak qurti etishtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida tomorqa maydonlaridan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘ygan xonadonlar ko‘pligi e’tirof etildi, biroq tomorqasidan samarali foydalanmayotgan, haligacha ekin ekmagan, qarovsiz qoldirgan xonadon egalari ham mavjudligi tanqid qilindi.

Kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar xonadonlarida ularning turmushi bilan tanishib, pandemiya holatida oziq-ovqat va birlamchi ehtiyoj mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi o‘rganildi. Bu oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarkatildi.

Tumandagi maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va kollejlar kabi ijtimoiy soha ob’ektlari hududlaridagi er maydonlarini ham ekin ekilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Norin tumanida ipak qurti tarqatilishi ham jadal olib borilayotgani ko‘zga tashlandi. Bir quti ipak qurti olgan xonadonga klasterlar tomonidan 25 kg un hamda 5 kg yog‘ avans tariqasida oldindan berilayotgani, aholi tomonidan ipak qurti boqishga bo‘lgan qiziqishni yanada ortirmoqda.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech