Mingbuloq tumanining Chordana MFY hududida loyiha qiymati 3,4 million AQSH dollariga teng bo‘lgan zamonaviy issiqxona meva-sabzavot sovutgich omborining tamal toshi qo‘yildi. Tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov ishtirok etdi.

2020 yil dekabr oyida qurilishi yakunlanadigan ushbu loyiha,  mahalliy “Best Lochin Agrofirmasi” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Bunda korxona o‘z mablag‘lari hisobidan 520 ming dollar, shuningdek 2 million 880 ming dollar xorijiy bank krediti jalb etilgan.

7, 9 gektar maydonda barpo etilayotgan ushbu majmua, yillik 1,5-2 million dollar mahsulot quvvatiga ega bo‘ladi. Bu erda 100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.