Chop etish

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uychi tumanidagi polietilen quvurlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Barakot himmat fayz” xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

60 nafardan ortiq ishchi-xodimlar faoliyat olib borayotgan ushbu korxonada polietilen quvurlar bilan birga beton quduqlar, shlakablok, penabloklar va suv minoralari ham ishlab chiqariladi. Korxona tomonidan toza ichimlik suvi liniyasi tortish va suv minoralari o‘rnatish xizmatlari ham yo‘lga qo‘yilgan. “Obod markaz” dasturi doirasida viloyat tumanlari markazlarida toza ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarda Uychida ishlab chiqarilgan suv quvurlaridan foydalanilgan.

Yillik ishlab chiqarayotgan mahsulot hajmi 12 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan “Barakot himmat fayz” xususiy korxonasida endilikda mebel ishlab chiqarish ham rejalashtirilmoqda.