Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uychi tumanida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va yangi loyihalar bilan tanishdi.

Uychi shaharchasida “Favorit stroy tekstil” MCHJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida 4 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan tuman Davlat xizmatlari markazi binosi  shaharcha ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishladi. Uch qavatli mazkur binoning erto‘la qismida umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, ust qismida savdo kompleksi joylashgan bo‘lsa, birinchi qavatdan tuman Davlat xizmatlari markazi o‘rin oldi.

Bugungi kunda tumandagi Pastguzar MFYda 4 ta to‘rt qavatli, 2-3 xonali, jami 96 ta xonadonga mo‘ljallangan yangilangan namunaviy loyiha bo‘yicha turar-joy binolari, davlat-xususiy sheriklik asosida Yangichek va Hurriyat MFYda 2 ta 5 qavatli uylar qurilishi boshlangan. Qolaversa, uy-joyga bo‘lgan talab va istaklar yuqoriligi e’tiborga olinib, Pastguzar massivida qo‘shimcha 4 ta 4 qavatli 2-3 xonali turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan.

Tuman markazida “Fayziobod qurilish servis” MCHJ tomonidan 2 ta 7 qavatli 80 xonadondan iborat ko‘p qavatli uylar qurilishi ham boshlandi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech