Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


117 gektar maydonni egallagan mazkur sanoat majmuasida qurilish materiallari, mashinasozlik va metallga ishlov berish, elektrotexnika, to‘qimachilik va tikuvchilik kabi yo‘nalishlarda umumiy qiymati 1 trillion 208 milliard so‘mlik 95 ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunga qadar 66,9 milliard so‘mlik 32 ta loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, 311,1 milliard so‘mlik ishlab chiqarish quvvatiga erishildi. Mazkur loyihalar to‘liq ishga tushsa, 7 ming 300 ta ish o‘rni yaratilib, yiliga 7,8 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi.

 

Hozirgi kunda kichik sanoat zonasida shifer, po‘latdan choksiz truba, metall mahsulotlarini qayta ishlash, suv nasoslari va elektr dvigatellar, momiq sochiq, yirik suv sig‘imlari hamda plastik quvurlar va qismlar, paypoq va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

 

Davlatimiz rahbariga “Yuksalish” kichik sanoat zonasida “Flat Tile” mas'uliyati cheklangan jamiyatning kafel-keramika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi taqdim etildi. Qiymati 125 milliard so‘mga teng loyihaga tashabbuskorlar jamg‘armasidan 73 milliard so‘m va 52 milliard so‘m bank krediti sarflanadi.

 

Yiliga 35 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratiladigan loyiha bosqichma-bosqich 2021 yilning II choragida ishga tushiriladi va 410 ta ish o‘rni yaratiladi, shuningdek, yiliga 15,3 million dollarga teng eksport qilish ko‘zda tutilgan.

 

- O‘zbekistonimizdek foydali qazilmaga boy zamin kamdan kam, - deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev. - O‘zimizda shunday yufori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun g‘oyat keng imkoniyatlar, tabiiy resurslar bo‘la turib, ularni import qilardik. Nega? Chunki zamonaviy geologik tadqiqotlar, ekspedisiyalar qilmasdik, ilm-fan orqali masalalarga yondashmasdik. Endi xomashyodan to‘g‘ri, unumli foydalanish, undan bugungi kun talablariga javob beradigan tovarlar ishlab chiqarish uchun ilmiy asoslangan yechimlar topish vaqti keldi!

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech