Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Joriy yilning 29 iyun' kuni ijtimoiy tarmoqda “Bir milliard so‘m sarflab qurgan imoratimni buzishmoqchi” nomli video xabar joylashtirildi.

Ma'lumotda Chust tumani Varzik shaharchasida istiqomat qiluvchi tadbirkor Shavkat Mirzayev 2017 yil 28 noyabr kuni tuman hokimligi tanlovga qo‘ygan 3000 kvadrat metr maydonni yutib olgani, 2017 yil 13 dekabr kuni yer ajratilgani haqida hokim qarori chiqgani, tashlandiq joyni davlatdan bir so‘m kredit olmasdan, bir milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflab obod qilgani va u yerda 3 qavatli bino qurilgani bayon etilgan. Biroq deyiladi murojaatda hamqishlog‘i A.A. tadbirkor qurgan binoni buzdirish haqida sud qarori chiqartirishga erishgani MIB Chust tuman bo‘limi tomonidan barpo qilingan binoni buzmoqchi ekanligi bildirilgan.

Ushbu videoxabar yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda quyidagilar aniqlandi.

Chust tumanlararo sudining 27.03.2019 yildagi qaroriga asosan Chust tumani Qalayi payon MFY xududidagi 602 m2 o‘lchamli yer maydonining

400 m2 yer maydoniga Shavkat Mirzayev tomonidan qurilgan qurilmalar qarzdor hisobidan buzib tashlab belgilangan. Mazkur ijro hujjti Byuroning Chust tuman bo‘limi ish yurituviga olingan. Davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunning 23-moddasiga asosan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Ijro hujjati ijrosini ta'minlash maqsadida Sh.Mirzayevga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Ijro harakatlari davomida FIB Chust tumanlararo sudining 19.06.2019 yildagi ajrimiga asosan ijro hujjati ijrosi vaqtincha to‘xtatilgan. 23.10.12019 yildagi sudning xatiga asosan ijro harakatlari davom ettirilgan. Shundan so‘ng davlat ijrochisi tomonidan  Sh.Mirzayevga ijro hujjati talabini bajarish uchun ogohlantirish berilgan. Biroq, sud talabi ixtiyoriy muddatda bajarilmagan. Mazkur sud hujjati yuzasidan nizolanishga yo‘l qo‘yilgani bois qarzdor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida 2019 yil, 29 noyabr kuni shikoyat qilingan va FIB Chust tumanlararo sudining xatiga asosan majburiy ijro harakatlari vaqtincha to‘xtatilgan.

 Joriy yil 25 mart kungi FIB Chust tumanlararo sudining ajrimida ijro xujjatlarini davom ettirish so‘ralgan.

2020 yil 23 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan mamlakatimizda karantin e'lon qilinib, bu davrida davlat ijrochilariga qator majburiy ijro etish choralarini qo‘llanishini hamda faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilishini keyingi qoldirish tavsiya etilgan. Aynan shundan kelib chiqqan holda, davlat ijrochisi tomonidan imorat (qurilma) ni buzib tashlash bo‘yicha majburiy ijro harakatlari vaqtincha to‘xtatilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Byuroning Chust tuman bo‘limi ish yurituvidagi ushbu ijro hujjatini ijrosini ta'minlash vaqtincha to‘xatib turilgan.

                                                        MIB Namangan viloyat boshqarmasi      

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech