Chop etish

     Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tumanda yangi bunyod etilgan mehmonxonada ham bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sifati va imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan zaruriy ko‘rsatma, taklif  va tavsiyalarini berdi.

     2020 - 2022 yillarda  tumanni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish dasturidan «NORIN GLOBEX AVTOTRANS» MChJ  tomonidan mikrologistika markazini vujudga keltirish  loyihasi ro‘yobi uchun «Bo‘zo‘lmas» MFY hududidan 0,5 gektar yer ajratilgan. 4,5 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga  mikrologistika – transport xizmati, 20 o‘rinli mehmonxona va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun 500 tonnali sig‘imdagi muzlatkich barpo etish jarayonlari ketmoqda.

 

     Dastlabki bosqichda mikrologistika transport xizmati joriy yilning 28 aprelidan    faoliyatini rasman  yo‘lga qo‘ydi.  20 tonna yuk tashishga mo‘ljallangan yettita yirik avtotransport  vositasida Rossiya va Yevropaning turli shaharlariga yuk tashilmoqda.   Navbatdagi  bosqichda  mehmonxona qurilishi uchun 2 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi,  ayni zamonda jihozlash - pardozlash  ishlari oxirlab qoldi.

 

 

 

   Mehmonxonada hozirgi kun  talablariga mos ravishda barcha sharoitlar muhayyo etildi. Loyihaning 3 – bosqichida amalga oshirish nazarda tutilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan muzlatkich qurilishida montaj ishlari olib poyoniga yetkazilmoqda. 

 

  3 - yo‘nalishni o‘zaro bog‘laydigan  loyihaning bajarilishi natijasida 20 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi barobarida  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli saqlagan holda to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorij va MDH mamlakatlariga  eksport qilish imkoni ham paydo bo‘ladi.