Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tumanda yangi bunyod etilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham bo‘lib, zaruriy ko‘rsatma, taklif  va tavsiyalarini berdi.   

*«Yangi Farg‘ona» MFY hududida  3-7 yoshli 215 nafar  bola bor. 90 o‘rinli muassasamizning avvalgi holatida  131 nafar kichkintoy qamrab olingan edi.  

 

Maskanimiz oldida foydalanilmayotgan  machit binosi rahbarlarimiz ko‘magida  tashkilotimizga  berilgach moslashtirildi.

 

 Endilikda qo‘shimcha 3 ta guruh ochilib,  yana  90 nafar bolajonni  qamrab olish  imkoni  tug‘ildi. 20 nafardan ortiq tajribali xodimimiz  6 ta markazda kasb va maktabga tayyorlaydi, - deydi mudira  Hurmatoy Yusupova.

   *Muyassar Ho‘jaqulova    18, 8 sotixdan iborat  tashlandiq,  quruq yer maydonida davlat – xususiy sheriklik asosidagi 100 o‘ringa mo‘ljallangan  «Karusel na mir»  MTT dargohini  bunyod etishga bel bog‘lagan.  675 mln. kredit, 400 mln. o‘z mablag‘i hisobidan barpo etilgan tashkilotda  15 ta ish o‘rni vujudga keldi. Mashg‘ulotlar ingliz, rus tillarida olib borilishi qiziqish uyg‘otmoqda. 

 

   -  Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish,  maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, sohaga  pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirish muhim vazifalardan hisoblanadi, - deydi viloyat hokimi.

  

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech