Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Norin tumani Kemaboshi mahallasida yashovchi Okayev Islombekdan fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘z tumanlararo sudining 17.04.2014 yildagi qaroriga asosan undiruvchi Dildora Madumarova foydasiga 3 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun voyaga yetguniga qadar har oydagi ish haqi va boshqa daromidining ikkidan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Norin  tuman bo‘limi ish yurituviga olingan. Aliment mablag‘ini o‘z vaqtida to‘lamay kelgan qarzdor yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan tegishli tashkilotlarga yashash manzili va undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulklar yuzasidan so‘rovnomalar yuboriladi. Olingan javob xatlariga ko‘ra qarzdorning yashash manzili aniqlanadi. Biroq, ko‘zdan kechirish dalolatnomalariga ko‘ra undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulklar mavjudligi aniqlanmaydi. Qarzdorni yashash manzilidan topish imkoni bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.

Byuroning tuman bo‘limi qidiruv bo‘limi xodimlari va davlat itjrochilari tomonidan olib borilgan tadbir mobaynida qarzdor ota topildi. Shu bilan bir qatorda undan shu kunga qadar farzandlari moddiy ta'minotidan bo‘lgan salkam 20 mln so‘m aliment qarzdorligi undirib berildi.

 

Bobur Saydullayev, MIB Norin tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech