Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Chust tumanidagi “Bibiona” ziyoratgohida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

 

 

 

Jami 7,5 gektar maydonni egallagan ziyoratgohda katta bunyodkorlik ishlari olib borildi. Namozxona, tahoratxona, ramziy maqbara, milliy ayvon va esdalik buyumlari do‘koni qurildi.

 

Shuningdek, hududdagi uchta buloq atrofi ko‘rkam holatga keltirildi. Bu ishlarning barchasiga 4 milliard so‘mdan oshiq mablag‘ sarflandi. Hozirda ziyoratgohdagi asosiy qurilish ishlari yakuniga yetmoqda.

 Kelgusida ziyoratgoh hududidagi dov-daraxtlarni yanada ko‘paytirish, yerlarga maysa sepish, qurbonlik amallari bajariladigan maxsus joy va sayyohlar uchun tamaddixona barpo etish rejalashtirilmoqda.

 

— “Bibiona” ziyoratgohining tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bunday tabarruk maskanlar har qanday hududning fayzi, ko‘rki hisoblanadi. Shu sababli ularni obodonlashtirish, ziyoratchilar, sayyohlar uchun qulay ko‘rinishga keltirish doimiy diqqat-e'tiborimizda bo‘ladi. Qolaversa, bu yo‘nalishdagi ishlar tashqi va ichki turizmni rivojlantirishda ham muhim omil bo‘ladi, — dedi viloyat hokimi.

 

Ziyoratgohda milliy udumlarga muvofiq jonliq so‘yilib, Qur'on tilovat qilindi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech