Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Kosonsoy tumanidagi «Ohangaron binokori» MChJga qarashli faoliyati yaqinda yo‘lga qo‘yilgan korxonada bo‘ldi.



«Go‘rmiron» MFYdagi gipsokarton ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaning loyiha qiymati 1,5 million AQSh dollari bo‘lib, shundan 5 mlrd. so‘mi bank krediti hisobidan qoplandi. Xitoydan uskunalar keltirilib o‘rnatilgach, bu yerda 50 nafar kishining bandligi ta'minlandi. Ish boshlanganiga endi 4 oy bo‘lgan mazkur korxonada kuniga 3 mingta mahsulot tayyorlanmoqda.   Shu vaqt mobaynida 165 ming AQSh dollarlik mahsulotni qo‘shni respublikalar bozoriga chiqarishga ham ulgurildi.   


Tadbirkor Yunusxon Temirovning bildirishicha, oyiga 2 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilayotgan mazkur korxona faoliyati yanada kengaytirilib, qo‘shimcha zavod qurilishi bilan yana 70 ta ish o‘rni yaratiladi.   


Viloyat rahbari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, «Tuyato‘ydi» sanoat zonasidan 1,5 gektar yer maydoni va 550 ming AQSh dollari miqdoridagi bank kreditini kechiktirmay ajratilishi masalasida mutasaddilarga topshiriq va tegishli ko‘rsatma   berdi.


— Izchil islohotlar doimiy izlanish, yangilik yaratishni taqozo etmoqda.  Faqat ana shunday talablar asosida ish yuritib, xalqimizning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkin. Yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishni rag‘batlantirish, erkin iqtisodiy zona va ilg‘or rivojlanish hududlarini yaratish, korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani chuqurlashtirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va uning raqobatbardoshligini oshirish, mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarga eksportini ko‘paytirish ustuvor masalalardir, — dedi Xayrullo Bozorov.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech