Ma'lumki, sud buyrug‘iga asosan farzandlar moddiy ta'minoti uchun aliment mablag‘larini to‘lab borilishi muhim masala. Ayni paytda karantinli davrda ham Byuro organlari tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlarning mas'uliyatini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 20.12.2016 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Dadamirzaev Qodirjondan  undiruvchi Turg‘unova Muhayyo foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Uychi tuman bo‘limi ish yurituviga olingan. Qarzdor otaga karantinli davrda ham voyaga yetmagan farzandi uchun aliment mablag‘ni to‘lab borishi tushuntirildi. O‘z navbatida bugun uyda qolayotgan farzandi moddiy ta'minoti to‘lanishi ma'suliyatini anglagan ota bir yo‘la 18 yoshga qadar hisoblangan 30  mln so‘m mablag‘ni to‘lab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.

Byuroning tuman bo‘limi  tomonidan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta'minlash davom etmoqda.                                          

Musoxon Mo‘minov,

MIB Uychi tuman bo‘limi davlat ijrochisi