Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Joriy yilning 3-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Ish haqi va kompensasiya oz chiqdi. Buning ustiga, ko‘chaga ekilgan gulga deb 65 ming so‘mdan ushlab qolishdi” sarlavha ostida xabar joylashtirildi.

Murojaatda Majburiy ijro byurosining Namangan shahar bo‘limining sobiq davlat inspektorlari ish bilan ta'minlanmayotgani, ish haqi va kompensasiya oz chiqqani, shuningdek ko‘chaga ekilgan gulga deb 65 ming so‘mdan ushlab qolinganini bayon etilgan.

Mazkur murojaat, unda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Byuroning viloyat boshqarmasi Kadrlar bo‘limi, Ichki xavfsizlikni ta'minlash shu’basi hamda jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektorlar tomonidan Ishchi guruh tuzilib, o‘rganildi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Birinchidan, Byuroning Namangan shahar bo‘limida faoliyat ko‘rsatib kelgan 116 nafar xodimlarga amaldagi mehnat qonunchiligiga ko‘ra ish beruvchi tomonidan ogohlantirish xatlari berilgan. Qisqartirilayotgan xodimlarni ish bilan ta'minlash maqsadida ularga shu kunga qadar 3 marotaba Namangan shahri hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 185 ta tashkilot va idoralarning 439 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilgan. Shuningdek, muqaddam ta'minotchi korxonalarda ishlagan keyinchalik Byuro organlariga ishga qabul qilingan 50 nafar xodimlar ro‘yxati shakllantirilib, ularni ish bilan ta'minlash uchun “Hududgazta'minot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonalariga taqdim etilgan. Joriy yilning 4-sentabrga  qadar 40 nafar sobiq xodimlar ta'minotchi korxona va boshqa muassasaga ishga joylashtirildi. Shu o‘rinda ta'kidlash kerakki o‘rganish davomida ayrim sobiq davlat inspektorlari taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari ma'qul kelmagani uchun ishga joylashishni hohlashmagan.

Ikkinchidan, sobiq xodimlarga ishlagan davri uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lanishi ko‘rilganda, hech qanday muammolarsiz o‘z vaqtida to‘lab kelingani ma'lum bo‘ldi. Jumladan, qisqartirilgan ish o‘rinlarda mehnat qilgan sobiq xodimlarga 237. 367.080 so‘m mehnat shartnomasini bekor qilish natijasida kelib chiqadigan to‘lovlar to‘lab berilgan.

Uchinchidan, ko‘chaga ekilgan gulga deb 65 ming so‘mdan ushlab qolingani haqidagi xabar umuman asossiz ekanligi, hech qanday mablag‘ sobiq xodimlardan yig‘ilmagani ma'lum bo‘ldi.

 

 

Majburiy ijro byurosi

Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech