Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Diqqat e'lon!

Barcha yuridik shaxs bo‘lgan savdo tashkilotlari diqqatiga!

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga asosan 2020-yilning 9-oktabr kuni ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish bo‘yicha savdo tashkilotlari o‘rtasidagi tanlovga taklif etadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun savdo tashkilotlariga quyidagi talablar qo‘yiladi.

Yuridik shaxs sifatida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va turg‘un savdo shoxobchasi mavjud bo‘lgan savdo tashkilotlari tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

 Qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrot arafasida bo‘lgan, faoliyat yuritayotganiga olti oy bo‘lmagan, oxirgi ikki yil ichida ijro hujjatlari asosida xatlangan mol-mulkni sotish yuzasidan tuzilgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli shartnoma bekor qilingan bo‘lsa mazkur yuridik shaxslar tanlovga qatnashmaydi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan savdo tashkiloti Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasiga ro‘yxat asosida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. Yuridik shaxs tomonidan komissiya nomiga ariza;
  2. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
  3. Savdo tashkiloti ta'sis hujjatlarining nusxasi;
  4. Savdo do‘koniga bo‘lgan mulk (ijara) huquqining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi;
  5. Savdo do‘koning joylashgan joyi to‘g‘risida ma'lumot, uning qisqacha tavsifnomasi va 10x15 o‘lchamdagi rangli fotosuratlari (joyning atrof ko‘rinishi, umumiy tashqi va ichki ko‘rinishlari aks ettirilishi kerak);
  6. Mol-mulklarning saqlanishi, turkumlanishi, sortlarga ajratilishi va butlanishini ta'minlovchi joylarning (uskunalarning) qisqacha tavsifnomasi, shuningdek 10x15 o‘lchamdagi rangli fotosuratlari (joyning umumiy tashqi va ichki ko‘rinishlari aks ettiriladi);
  7. Talabgorning majburiyatlardan holi pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risida bank ma'lumotnomasi;
  8. Talabgorga majburiyatlardan holi pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risida bank ma'lumotnomasi;
  9. Talabgorga tegishli hamda ijro hujjati bo‘yicha mol-mulkni sotishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan texnik soz holatdagi transport yoki boshqa texnika vositalariga oid huquqni belgilovchi hujjatlar nusxasi hamda ularning texnik tavsifi;
  10. Ko‘rsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasi miqdori (10 foizdan ko‘p bo‘lmagan);
  11. Savdo tashkilotining mol-mulklar realizasiya qilish bo‘yicha hisobini yuritishga mo‘ljallangan maxsus dasturiy ta'minotni ishlatish majburiyati.

Alohida turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki lisenziya talab qilingan hollarda, ularning nusxasi ham taqdim etiladi.

Talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 19.06.2018 yilda 3024-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Nizomning 23-bandida belgilangan baholash mezonlarini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa qo‘shimcha hujjatlarni taqdim qilishlari ham mumkin.

Tanlovga marhamat qiling!

 Murojaat uchun manzil: Namangan shahri, S.Sheroziy 3-tor ko‘chasi

5A-uy. Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi binosi

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar taqdim etishning oxirgi muddati:

 2020-yil 28-sentabr.

 Ma'lumot uchun telefonlar: (0 369) 228-82-76

 Internet tarmog‘idagi veb-sayt: www.mib.uz,

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech